Samsung Tab Active Pro - Bedienungsanleitung - Seite 179

Samsung Tab Active Pro

Tablet Samsung Tab Active Pro – Bedienungsanleitung, kostenlos online im PDF-Format lesen. Wir hoffen, dass dies Ihnen hilft, etwaige Fragen zu klären. Wenn Sie noch Fragen haben, kontaktieren Sie uns bitte über das Kontaktformular.

Seite: / 183
Anleitung wird geladen

O'zbek

626

Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling

Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.

Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l
transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring hamda suhbat
yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan
foydalaning.

Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin. Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang
yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni ushlang.

Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va
yo‘l transport hodisasida sabab bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida belgilanishi
mumkin.

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli
bo‘ling.

Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang

Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining
buzilishiga olib kelishi mumkin.

Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki
teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating
va shifokor bilan maslahatlashing.

Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating

Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga
ishonch hosil qiling.

Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari
to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang

Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.

Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z
funksiyasini bajarmasligi mumkin.

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang

Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.

Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.

„Anleitung wird geladen“ bedeutet, dass Sie warten müssen, bis die Datei vollständig geladen ist und Sie sie online lesen können. Einige Anleitungen sind sehr groß, und die Zeit, bis sie angezeigt wird, hängt von Ihrer Internetgeschwindigkeit ab.